1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada bomba tahdidi tufayli sakkizta aeroport evakuatsiya qilindi

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida Fransiyada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Fransiyada bomba tahdidi tufayli sakkizta aeroport evakuatsiya qilindi

 

Fransiyadagi sakkizta aeroport chorshanba kuni bomba tahdidi tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuatsiya qilinishiga majbur bo‘ldi.

 

Parij yaqinidagi Bove aeroporti Fransiyaning bir qancha aeroportlarida anonim tahdid kelib tushganidan keyin evakuatsiya qilinganini aytdi. Keyinroq aeroport qayta ochilish jarayonida ekani maʼlum qilindi.

 

Fransiya sharqidagi Strasburg aeroporti, bomba tahdidi tufayli bir bino ham evakuatsiya qilinganini bildirdi.

 

Fransiya g‘arbidagi Nant aeroporti ham xuddi shu sabab bilan evakuatsiya qilingan.

 

Janubi-g‘arbdagi Biarris va Tuluza, shimoldagi Lill va janubi-sharqdagi Lion-Bron aeroportlari politsiya tekshiruvidan so‘ng havo parvozlari qayta boshlanishini aytdi.

 

Chorshanba kuni ertalab bomba tahdidi tufayli to‘rtta aeroport evakuatsiya qilingan.

 

Fransiyaning janubidagi Nitsa aeroporti oldin qoldirilgan shubhali narsa tufayli evakuatsiya qilinganidan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi.

 

Parij yaqinidagi Versal saroyi bir haftadan kamroq vaqt ichida uchinchi marta xavfsizlik nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qildi. Chorshanba kuni saroy tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi. Bino seshanba kuni shubhali obyekt va hafta oxirida bomba tahdidi tufayli evakuatsiya qilingan.

 

Parijdagi Luvr shanba kuni xavfsizlik nuqtai nazaridan yopildi, ammo ertasi kuni qayta ochildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 13 oktyabr kuni Arras shahridagi maktabda o‘qituvchi Dominik Bernar o‘ldirilganidan beri terrorchilik tahdidining maksimal darajasi amalda. O‘shandan beri Parijdagi Luvr muzeyi va o‘qituvchi pichoq bilan o‘ldirilgan Arras litseyida evakuatsiya eʼlon qilindi, ammo barcha signallar yolg‘on bo‘lib chiqdi. 

 

Fransiyada butun mamlakat bo‘ylab yetti minggacha askar joylashtirilgan. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика