Maʼlum qilinishicha, 3 mingdan ortiq shifokorlar vaqtinchalik ishdan chetlatilgan. Ular majburiy ravishda emlanishga qarshi chiqqan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran ishdan chetlatish vaqtinchalik chora ekanini aytgan.
Fransiyada shu yilning sentyabr oyidan boshlab shifokor va hamshiralar emlanishi shart qilib qo‘yilgan. Lekin butun mamlakat bo‘ylab 300 mingdan ziyod xodimlar buni rad etgan. Shundan so‘ng tibbiyot xodimlari orasida noroziliklar boshlanib ketgan. Masalan, Nissada 450 emlanmagan shifokor namoyish o‘tkazgan.
Olimlar koronavirus pandemiyasini to‘xtatishning yagona yo‘li vaksina olish ekanini taʼkidlab kelmoqda. Avvalroq milliarder Bill Geyts ham kelajakdagi pandemiyalarga samarali kurashning yagona yo‘li vaksinalarni qisqa muddatda ishlab chiqarish ekanini aytgandi. Shuningdek, Xitoyda 1 milliarddan ortiq aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


