1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada mingdan ortiq avtomobil yoqib yuborildi

Mamlakat bo‘ylab zo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisalar sabab 505 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Fransiyada mingdan ortiq avtomobil yoqib yuborildi

 


Fransiyada Yangi yil arafasida yoqib yuborilgan avtomobillar soni keskin oshdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bayram kunlari davomida jami 1173 ta avtomobil butunlay yo‘q qilingan.


Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 200 taga ko‘p. Avtomobillarni ataylab yoqib yuborish holatlari, asosan, Yangi yil kechasida va bayramning ilk kunlarida qayd etilgan.


Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab zo‘ravonlik va mulkka zarar yetkazish bilan bog‘liq hodisalar sabab 505 nafar shaxs qo‘lga olinganini bildirdi. Ularning 403 nafari bevosita politsiya tomonidan hibsga olingan. Rasmiylar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha choralar kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика