Fransiyaning aksariyat departamentlari qurg‘oqchilik xavfi tufayli suvdan foydalanishga cheklovlar kiritdi.
Ushbu chora-tadbirlar sport maydonlarida maysazorlarni sug‘orish, basseynlarni to‘ldirish va mashinalarni yuvishni o‘z ichiga oladi.
Qarorga amal qilish Fransiya bioxilmaxillik byurosi tomonidan tekshiriladi. Huquqbuzarliklar uchun jismoniy shaxslar 1500 yevro, tadbirkorlar esa 7500 yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Fransiyaning 40 departamentida qurg‘oqchilik xavfining “qizil” darajasi joriy qilingan.


