1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozi ustidan sud boshlandi

Unga nisbatan 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozi ustidan sud boshlandi

 

Parijda Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ustidan sud jarayoni boshlandi. U 2000-yillarning o‘rtalarida Liviyaning sobiq prezidenti Muammar Qaddafiy bilan korrupsiyaviy til biriktirganlikda ayblanmoqda. Agar Sarkozi aybdor deb topilsa, unga 10 yilgacha qamoq jazosi tahdid solishi mumkin. Sud jarayoni uch oy davom etadi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda Sarkozi va uning apparati Qaddafiy bilan til biriktirgan va 2006—2007 yillarda undan kamida 50 million yevro olgan. Sarkozi bu mablag‘ni saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatgan. Buning evaziga Fransiya xalqaro mayonda izolyatsiya qilingan bo‘lsa-da, Qaddafiy rejimiga xayrixohlik ko‘rsatgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика