Ayni paytda Fransiyada gripp, COVID-19 va bronxit bilan kasallanganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa bolalar kasal bo‘lmoqda. Vaksinatsiya darajasi pastligi tufayli, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi zimmasiga yuk bo‘lmoqda.
Fransiya hukumati qayd etilgan uchta epidemiya sharoitida va Rojdestvo dam olish kunlari oldidan unutilgan himoya choralariga qaytishga chaqirdi. Aksincha, cheklovchi choralar qo‘llanilishi haqida ogohlantirdi.
Fransuzlar esa koronavirus pandemiyasi davrida karantindan charchagan va ushbu virus bilan yashashni o‘rganishga harakat qilmoqda.
«Ijtimoiy masofani saqlash, vaksinatsiya - bu xavf ostida bo‘lgan bemorlar uchun, masalan, men bugun, Fosh kasalxonasida uchrashgan odamlar uchun shaxsiy himoya chorasi. Bu ham jamoaviy masʼuliyatdir. Bizning sog‘liqni saqlash tizimimiz shahar tibbiyotida yoki kasalxonalarda bo‘lsin, katta bosim ostida. Hozirgi keskin vaziyatda tizimga uchta epidemiya - bronxiolit, gripp va sovid tahdid solmoqda. Agar tizim buni bartaraf eta olmasa, barcha bemorlar qiyin ahvolga tushib qoladi», — dedi Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Fransua Bron.


