1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fuqarolar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yomonlashgani aytilmoqda

Holat yuzasidan vazirlik tushuntirish berdi.

Fuqarolar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yomonlashgani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda sharoitlarning yomonlashishi to‘g‘risida maʼlumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qay etilishicha, jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar 2023 yil 1 maydan boshlab ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya olinishidan qatʼiy nazar elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishlari va taqdim etishlari belgilgan.

 

Bu o‘z navbatida, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq bo‘lib, qonunchilik normalari doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli bo‘lmaydi.

 

Elektron hisobvaraq-fakturalarni jo‘natish xizmati qiymati Soliq qo‘mitasi bo‘linmasining hamda elektron hisobvaraq-faktura operatorlari hisoblangan tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatayotgan xizmati qiymatidan tashkil topadi (2023 yil 10 fevral holatiga 24 ta operator xizmat ko‘rsatmoqda). 

 

Xizmatning qiymati operatorlar ko‘rsatadigan servisga qarab farqlanadi va o‘rtacha bitta hisob-faktura uchun 270 so‘mdan 450 so‘mgachani tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatini keskin pasaytirish va elektron hisobvaraq-fakturalarni jo‘natish tartibini soddalashtirish choralari ko‘rilmoqda. 

 

“Bunda elektron hisobvaraq-fakturalar operatorlari ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini mustaqil ravishda belgilasalarda, Soliq qo‘mitasi bo‘linmasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat qiymatining pasaytirilishi operatorlarga xizmat qiymatini ham pasaytirishga imkon beradi”, — deyiladi xabarda.

 

Soliq qo‘mitasi tomonidan jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni jo‘natishda ushbu operatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat narxini 1 so‘mda belgilash bo‘yicha kompleks xizmatlarni taqdim qilishga qaratilgan tadbirlar amalga kiritilishi ustida ish olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика