1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fuqarolarning referendum bo‘yicha savollariga javob beruvchi Call-markaz ishga tushirildi

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi maʼlum qildi.

Fuqarolarning referendum bo‘yicha savollariga javob beruvchi Call-markaz ishga tushirildi

 

Fuqarolarning referendum bo‘yicha savollariga javob beruvchi “Call-markaz” ishga tushirildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi huzurida “1200” qisqa raqamidagi Call-markaz ish boshladi.

 

U yerda O‘zbekiston referendumini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tezkor va samarali ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib boriladi.

 

“Markaz orqali referendumga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика