1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Fuqaroning beli ishning beliga tepdi

U kuchli taʼsir ko‘rsatuvchi dori vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan.

Fuqaroning beli ishning beliga tepdi

 

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro P.O.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi. Shundan so‘ng ushbu fuqaro qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Tekshirishlar natijasida fuqaroning bel qismiga skotch yordamida o‘rab joylashtirilgan, deklaratsiyada qayd etilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan jami 60 dona “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.

 

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика