
Xususan, 2021 yil 20 sentyabrdan boshlab, mamlakatimizda sport musobaqalarini ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ham ruxsat berildi.
Shundan kelib chiqib, muxlislarning futbol uchrashuvlarini karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda stadionga kirib tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
Bunda stadionlarga kirish joylarida muxlislarning tana harorati o‘lchanadi va koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab etiladi. Ishqibozlar musobaqa davomida tibbiy niqob taqqan holda ijtimoiy masofa saqlashlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari shart.
Maqsadjon Obidjonov


