Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las Vegas shahrida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi jangni millionlab muxlislar kuzatib bordi.
Jang davomida to‘liq ustunlik qilgan britaniyalik Fyuri 11-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBC kamarini himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, bokschilar bu bilan uchinchi marotaba ringga ko‘tarildi. Birinchi jangda hakamlar durang qayd etgan bo‘lsa, ikkinchisida Tayson Uaylderni 7-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Avvalroq Deontey Uaylderning aynan shu jang oldidan bildirgan fikrlari haqida ma'lumot bergan edik.


