Avvalroq Toshkent shahridagi “Gʻafur Gʻulom” parki joriy yilning 1-sentyabridan o‘z faoliyatini qayta tiklashi xabar qilingandi. Biroq oradan bir yarim oy o‘tdi hamki, bog‘ning ochilishidan darak yo‘q. Yaqin kunlarda bir nechta nashrlar bog‘ nima sababdan ochilmayotganini va mutasaddilar bunga qanday izoh bergani haqida materiallarni taqdim etishdi.
Zamon.uz muxbiri holatga yanada oydinlik kiritish maqsadida mutasaddilarga bog‘landi. Biroq bir nechta urinishlardan so‘ng ham bog‘ bo‘yicha ulardan intervyu olishni imkoni bo‘lmadi. Ammo “Gʻafur Gʻulom” parki qurilishiga mas’ul xodimlardan birining Zamon.uz’ga ma’lum qilishicha, istirohat bog‘i 24-oktyabr kuni ochilishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng aholining bog‘ hududiga kirishiga ruxsat beriladi. Ayni paytda bog‘da so‘nggi ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


