1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘arb rus neftiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni yumshatdi — FT

AQSH va Yevropa energetika bozorining yana-da beqarorlashuvidan xavotirda.

G‘arb rus neftiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni yumshatdi — FT

 

G‘arb narxlarning yana-da oshib ketishi xavfi fonida Rossiya neftiga qarshi cheklov joriy etishdan tiyilib turibdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, yevropaliklar Rossiya neftining xalqaro eksportiga qo‘yilgan ayrim taqiqlarni bekor qilgan. Bundan tashqari, Moskvaning Lloyd‘s of London sug‘urta bozoriga kirishini cheklovchi reja ortga surilgan.

 

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning YеIning rus neftini tashiydigan xalqaro kemalarni sug‘urta qilishni to‘xtatishni nazarda tutadigan sanksiyalariga qo‘shilmagani aytilmoqda. AQSH ham to‘laqonli taqiqlarga qarshi chiqmoqda, bunga sabab Vashington neft narxining keskin oshishidan xavotirda.

 

“Iyul oxirida Bryussel global energetika xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni inobatga olib, Rossiya davlat kompaniyalariga qo‘yilgan cheklovlarni o‘zgartirdi”, – deyiladi xabarda.

 

Avvalroq OPEC Rossiya bilan neft bozorida raqobat qilmasligini ochiqlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика