1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"G‘arbiy Ozarbayjon: Deportatsiyadan qaytishgacha cho‘zilgan yo‘l"

Ozarbayjondagi G‘arbiy Ozarbayjon Jamiyati 1988–1991 yillarda hozirgi Armaniston hududidan ommaviy ravishda deportatsiya qilingan Ozarbayjonliklar va ularning avlodlarining huquqlarini himoya qiluvchi, ularning o‘z yurtlariga xavfsiz va qadr-qimmat bilan qaytishini maqsad qilgan.

"G‘arbiy Ozarbayjon: Deportatsiyadan qaytishgacha cho‘zilgan yo‘l"

 

Ozarbayjonda tashkil etilgan G‘arbiy Ozarbayjon Jamiyati (1988–1991 yillarda hozirgi Armaniston hududidan ommaviy ravishda deportatsiya qilingan Ozarbayjonliklar va ularning avlodlarining huquqlarini himoya qiluvchi, ularning o‘z yurtlariga xavfsiz va qadr-qimmat bilan qaytishini — Qaytish Konsepsiyasini — maqsad qilgan ijtimoiy-madaniy birlik) milliy va xalqaro platformalarda faoliyatini davom ettirib, dunyo jamoatchiligiga Ozarbayjon pozitsiyasini inkor etib bo‘lmaydigan faktlar va arxiv materiallari asosida yetkazish harakatlarini olib boradi.

 

Bugun Qorabog‘ va Sharqiy Zangazurga (1993–2020 yillar oralig‘ida hudud Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan edi. Ikkinchi Qorabog‘ urushini yakunlagan 9-noyabr bayonotidan so‘ng to‘liq ozod qilingan) katta qaytish amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish ham real bo‘ladi. Iymon va qat’iyat bilan maqsadlar sari intilayotgan Ozarbayjon davlati har bir fuqaroning orzusini haqiqatga aylantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. G‘arbiy Ozarbayjon Jamiyati o‘ziga yuklatilgan tarixiy missiyani muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Jamiyat Ozarbayjon haqiqatlarini dunyoga yetkazish uchun tinib bilmay ishlaydi. Shu maqsadda tasdiqlangan va amalga oshirilishi muvaffaqiyatli davom etayotgan “G‘arbiy Ozarbayjonga Qaytish Konsepsiyasi” ham muhim ahamiyatga ega.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning shimol-sharqida, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Turkiya, Eron va boshqa xorijiy mamlakatlarda kelib chiqishi G‘arbiy Ozarbayjondan bo‘lgan yuz minglab odamlar yashaydi. G‘arbiy Ozarbayjon Jamiyati allaqachon Turkiya va Qozog‘istonda vakolatxonalari va turli shaharlarda ofislarini ochgan. Ushbu jarayonda ularning faol ishtiroki ham muvaffaqiyatli natijalarga katta hissa qo‘shadi.

 

Ozarbayjonliklarning G‘arbiy Ozarbayjondan birinchi deportatsiya davri 1905–1920-yillarni qamrab oladi. O‘sha davrda milliy zaminlarda yuz bergan qonli voqealar natijasida ushbu hududda mavjud bo‘lgan 1000 ga yaqin ozarbayjon qishloqlari xaritadan butunlay yo‘q qilingan. Keyinchalik, 1948–1953-yillarda sovet hukumati tomonidan arman millatchilari ta’siri bilan 150 mingdan ortiq Ozarbayjonlik ota-bobolarining vatanidan deportatsiya qilingan. 1988-yilda sodir bo‘lgan oxirgi deportatsiya esa avvalgilaridan farqli omillar bilan ajralib turadi. Ushbu deportatsiya milliy zaminlarda, G‘arbiy Ozarbayjonda yashovchi taxminan 300 ming hamyurtimizning o‘z vatanidan majburan haydalishi bilan tarixda qolgan.

 

2020-yilda Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklagan 44 kunlik Vatan urushidan so‘ng mintaqada yuzaga kelgan yangi haqiqatlar keyingi maqsadlarga erishish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevning uzoqni ko‘ra biluvchi va muvaffaqiyatli siyosati natijasida Ozarbayjon haqiqatlarini jahon jamoatchiligiga yetkazishda katta yo‘l bosib o‘tildi. Ozarbayjonliklarning, jumladan Qorabog‘ va G‘arbiy Ozarbayjondan majburan ko‘chirilgan va qochqin bo‘lgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish xalqaro maydonga chiqarildi. Davlat rahbari G‘arbiy Ozarbayjon hamyurtlarimizning tarixiy yurti ekanligini nufuzli xalqaro platformalarda bir necha bor qat’iy bayon qilgan.

 

Iravon shahridagi Ko‘k masjidni istisno qilganda, G‘arbiy Ozarbayjonda mavjud bo‘lgan 300 ga yaqin masjidning barchasi Armaniston tomonidan vayron qilingan. Shu bilan birga, 500 dan ortiq qabristonlar buzilgan va Ozarbayjonliklarning madaniy va diniy merosi tizimli ravishda yer yuzidan o‘chirib tashlangan. Bu xalqaro huquq va inson huquqlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi.

 

O‘tgan yili Kavkaz musulmonlari boshqarmasining Qozilar Kengashi tomonidan Iravon Qoziligining faoliyatini tiklash, Iravon Qoziligi Nizomini tasdiqlash va Iravon Qozisini saylash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar jamiyat tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi. Bu qaror diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, G‘arbiy Ozarbayjonda ko‘p millatli muhitni qayta tiklash va tarixiy adolatni tiklash nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu qaror Armanistondan majburan chiqarilgan Ozarbayjonliklarning o‘z tarixiy yurtlariga qaytishiga xizmat qiluvchi muhim qadamdir.

 

2020-yilning 27-sentyabriga qadar Ozarbayjonliklarning Qorabog‘ va Sharqiy Zangazurga qaytish istagi qanchalik umidli bo‘lgan bo‘lsa, hozir G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish bo‘yicha ishonch ancha ortdi.

 

Tarixan faoliyat ko‘rsatgan Iravon Qoziligi o‘sha davrlarda odamlarning diniy va ma’naviy qadriyatlarini himoya qilishda katta rol o‘ynagan. Ozarbayjon hududlari uzoq yillar davomida bosib olinganligi sababli ushbu faoliyatni tiklash imkoniyati bo‘lmagan. Endi Iravon Qoziligining tayinlanishi juda jiddiy va muhim masala hisoblanadi. Iravon Qoziligining faoliyatini tiklash zamon talabi hisoblanadi. Qaytish jarayoni tugagach, Iravon Qoziligining faoliyati jonlanadi va u yerda yashovchi odamlarimizning ma’naviy va diniy ehtiyojlarini qondirishda katta foyda beradi.

 

Qorabog‘ va Sharqiy Zangazurning tiklanishi, bunyodkorligi va avval majburan ko‘chirilganlarning joylashtirilishini strategik maqsadlarning dastlabki bosqichi deb hisoblagan janob Ilhom Aliyev keyingi bosqichni shunday tavsiflaydi:

"Bugun biz Ozarbayjon xalqining bukilmas ruhini Qorabog‘ va Sharqiy Zangazurga qaytayotgan hamyurtlarimiz timsolida ko‘rmoqdamiz. Ishonchim komilki, biz xuddi shu manzarani G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish davrida ham ko‘ramiz."

 

Arxiv hujjatlaridan, real hayot haqiqatlaridan, vaqti-vaqti bilan hududga da’vo qilish maqsadida xalqimizga nisbatan sodir etilgan arman qirg‘inlari, majburan ko‘chirishlar, surgunlar, shuningdek davlat darajasida amalga oshirilgan 1948 va 1953-yillardagi deportatsiyalardan ma’lum bo‘ladiki, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik va madaniy tozalash kampaniyasi armanlar tomonidan tizimli va rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilgan.

 

G‘arbiy Ozarbayjonga madaniy o‘zlik masalasi o‘tkinchi siyosiy masala emas. Madaniy meros xalqaro qonunlar va konvensiyalar bilan himoyalanadi. Shu sababli, G‘arbiy Ozarbayjondan ko‘chirilgan odamlarning qaytish huquqi hissiy chaqiruv emas, BMT Nizomi va Umumjahon Inson Huquqlari Deklaratsiyasiga asoslangan insonparvarlik talabidir.

 

Shuni eslatib o‘tish joizki, 2025-yil Ozarbayjonning ijtimoiy-siyosiy tarixida faqat navbatdagi bir taqvim yili sifatida emas, balki G‘arbiy Ozarbayjonga Qaytish g‘oyasi milliy maqsaddan global siyosiy kun tartibining asosiy mavzusiga aylangan burilish bosqichi sifatida tarixga kirgan. "Qaytish huquqi" xalqaro diplomatiya muhokama stoliga olib chiqilgan, tarixiy haqiqatlar esa huquqiy maydonda o‘z tasdig‘ini topgan.

 

Statistik ko‘rsatkichlar judayam ahamiyatlidir. Jamiyat rahbariyati tomonidan BMTning eng nufuzli organlari — Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assambleya va Iqtisodiy hamda Ijtimoiy Kengashning rasmiy hujjat maqomida tarqatilgan murojaatlarimiz soni bugungi kunda 11 taga yetgan. Turli xalqaro markazlarga jami 119 maktub yuborilgan. Armaniston va ba’zi tarafkash doiralarning haqiqatni buzishga urinishlariga qarshi joriy yilda 35, jamiyat faoliyati davomida esa 339 bayonot bilan chiqishlar qilinib, axborot hujumlarining vaqtida oldi olingan.

 

G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish Ozarbayjonliklarning barcha xalqaro hujjatlarda belgilangan tamal huquqidir. Har bir G‘arbiy Ozarbayjonlik tarixiy tuproqlariga, ota-bobolarining vatanlariga layoqatli va xavfsiz tarzda qaytish amalga oshishiga to‘liq ishonadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика