"Vashington Post" gazetasi G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari barbod bo‘lgan-bo‘lmaganini muhokama qildi.
Asosiy xulosa shuki, hozircha Rossiya iqtisodiyoti kutilganidan ham yaxshi holatda. Tashqi savdo balansi so‘nggi bir yil ichida o‘sdi: u avvalgi yillarga nisbatan ancha gullab-yashnadi.
"Ehtimol, Rossiya maʼlumotlari noto‘g‘ridir. Lekin RFda yashovchi yoki tashrif buyurishga kelganlarning ko‘pchiligi hayot odatdagidek davom etganini taʼkidlashadi", — deyiladi maqolada.
"Bu Rossiya uchun inqiroz bo‘lsada, bu davlat, jamiyat va iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida qulagan 1990 yillar boshidagi notinchliklarga aslo o‘xshamaydi", — dedi Aleksandr Titov, rossiyalik muhojir va Queyenʼs universiteti professori.
Sanksiyalarning asosiy qismi Rossiyadan yirik energiya eksporti tufayli yumshatilgan. Moskva byudjeti taqchilligi AQSHnikidan pastroq bo‘lib chiqdi.
Ammo Rossiyada dollar kabi jahon miqyosida mashhur valyuta yo‘q, shuning uchun u hech qanday oqibatlarsiz ko‘proq pul chop eta olmaydi. Shuningdek, tahlilchilar RF keyinchalik neft va gaz bozorida kichikroq ulushga ega bo‘ladi, kamroq foyda oladi va o‘zining geosiyosiy taʼsirini biroz yo‘qotadi, deb hisoblashadi.
Shu bilan birga, nashrning fikricha, sanksiyalar Rossiyadagi oziq-ovqat taqchilligiga emas, balki “Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi” qaratilgan. Taʼkidlanishicha, sanksiyalar armiya uchun uskunalar yetishmasligini kuchaytiradi va uning yangi quruqlik hujumini boshlash yoki yangi raketalarni yaratish qobiliyatiga to‘sqinlik qiladi.


