1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

“Garri Potter” va “Yulduzlar jangi” filmlarini qayta tomosha qilish mental salomatlik uchun foydali

Аmerika Archbrij institutining psixologiya fanlari doktori Kley Rutlej va hamkasblari tajriba o‘tkazdi.

“Garri Potter” va “Yulduzlar jangi” filmlarini qayta tomosha qilish mental salomatlik uchun foydali

 

Amerika Archbrij institutining psixologiya fanlari doktori Kley Rutlej va hamkasblari tajriba o‘tkazdi. Ular o‘tkazgan turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kelajak haqida o‘ylash ko‘pincha odamlarni tashvishga soladi. Bunday munosabatda miya o‘tmishdagi voqealarning inson hayotiga qanday taʼsir qilganini tahlil qilish uchun xotiralarga murojaat qiladi. 

 

O‘tmishga murojaat qilgandagi nostalgiya asosan yoqimli his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi. Olimlarning taʼkidlashicha, bunday nostalgiya kelajak haqidagi tashvish fonida qandaydir taskin, umid beradi, shuningdek, yolg‘izlik azobini yengillashtirib, ijtimoiy aloqalarning ko‘payishiga yordam beradi.

 

Kengroq olib qaralsa, nostalgiya ijodiy ilhom manbai bo‘lib, hayotni anglashga, maqsadlarga erishishga undaydi, qolaversa, o‘ziga bo‘lgan hurmatni oshiradi, deb hisoblaydi Rutlej va uning hamkasblari.

 

Ruhiy holatga foydali taʼsir ko‘rsatish uchun u nostalgiyaga sho‘ng‘ishni, eski fotosuratlarni ko‘rishni, oilaviy retseptlar bo‘yicha taomlar tayyorlashni, shuningdek, bolalikda yoqtirgan filmlarni qayta ko‘rishni maslahat berdi. U misol tariqasida “Garri Potter” va “Yulduzlar jangi” franshizalarini keltirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика