1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Gaz narxi urush boshidan beri minimumga tushdi

Rossiyaning harbiy mojarosi boshlanishidan 2 kun oldin, yaʼni 22-fevralda gaz narxi megavatt-soatiga 80 yevrodan pastroq bo‘lgan.

Gaz narxi urush boshidan beri minimumga tushdi

 

Yevropaning TTF xabida seshanba kungi savdo davomida gaz narxi megavatt-soatiga 77 yevro tushdi. Bu ming kubometriga 820 yevroni bildiradi. Bu Ukrainadagi mojaro boshidan beri eng past ko‘rsatkich.

 

Rossiyaning harbiy operatsiyasi boshlanishidan 2 kun oldin, yaʼni 22 fevralda gaz narxi megavatt-soatiga 80 yevrodan pastroq bo‘lgan. Avgust oxiriga kelib gaz narxi rekord darajada ko‘tarilib, megavatt-soatiga 350 yevroga yetdi.

 

Gaz narxi pasayishiga dekabr oyida Yevropada issiq havo hukmron bo‘lgani va shamol elektr stansiyalaridan katta miqdorda quvvat olingani sabab bo‘ldi.

 

Germaniya gaz omborlari 88,2% ga to‘laligicha qolmoqda. Noyabr boshida ham Rossiya yetkazmalari to‘xtatilganiga qaramay ular 99%ga to‘la bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика