AQSH va Isroil HAMAS harakati ag‘darilganidan keyin BMT hamda boshqa arab davlatlari qo‘llab-quvvatlovida G‘azo sektorida muvaqqat hukumatni tuzish imkoniyatini muhokama qilishni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muhokama hozirda dastlabki bosqichda va uning taqdiri voqealar rivojiga, jumladan Isroil tomonidan G‘azo sektorida o‘tkaziladigan operatsiya muvaffaqiyatiga bog‘liq.
Isroil tomonida bir necha bor G‘azo sektorini egallab olish niyatida emasligini ta’kidlagan, shu bilan birga HAMASning 7-oktyabrdagi hujumidan keyin uning boshqaruviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qayd etmoqda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Isroil quruqlikdagi operatsiyasi oqibatlarini yaxshi o‘ylab chiqmaganidan xavotirda.
Avvalroq Isroil G‘azoni to‘liq blokadaga olganini e’lon qilib, Livan va Suriyaning bir qator hududlariga ham zarba bera boshlagandi. To‘qnashuvlar G‘arbiy sohilda ham sodir bo‘lmoqda. Isroil tomonida 1,5 minggacha odam mojaro qurboni bo‘ldi, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.