1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azo sektorida turk jurnalisti halok bo‘ldi

MEDIA agentligi va Matbuot kengashi Turkiya jamoatchiligiga hamdardlik bildirdi.

G‘azo sektorida turk jurnalisti halok bo‘ldi

G‘azo sektorida Turkiyaning TRT telekanali muxbiri Yahyo Barzak xizmat vazifasini ado etish jarayonida halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon Matbuot kengashi xabar berdi.

 

Kengash o‘z bayonotida jurnalistning o‘limini og‘ir yo‘qotish sifatida baholadi hamda bu voqea urush va mojaro hududlarida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari duch kelayotgan xavf-xatarlarni yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.

 

“Urush maydonlarida halok bo‘layotgan jurnalistlar so‘z erkinligi va axborot olish huquqiga qarshi salbiy tendensiyalarning achchiq oqibatidir. Afsuski, xalqaro hamjamiyat bunday fojialar oldida ojizlik qilmoqda. Yahyo Barzak ana shu nohaqlik qurboniga aylandi”, — deyiladi bayonotda.

 

Ozarbayjon Matbuot kengashi hamda Ozarbayjon OAVni rivojlantirish agentligi Turkiya jamoatchiligi, TRT telekanali jamoasi va marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика