1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azo uchun 74 mln dollar zarur — BMT

Tashkilot vaziyatni “halokatli” deb atadi.

G‘azo uchun 74 mln dollar zarur — BMT

 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi G‘azo sektori aholisiga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun kelasi uch oy ichida 74 million dollar zarurligini maʼlum qildi.

 

Tashkilot bayonotida mahalliy do‘konlardagi oziq-ovqat zaxiralarining bir haftadan kamroqqa yetishi, G‘azo va G‘arbiy Sohildagi 800 ming kishining oziq-ovqat yordamiga muhtojligi qayd etildi.

 

"Juda katta qiyinchiliklarga qaramay, taxminan 522 ming falastinliklarga oziq-ovqat va pul yordami taqdim etildi", deyiladi tashkilot xabarida.

 

Shuningdek, BMT vaziyatni “halokatli” deb atadi va bunday holat hech qachon sodir bo‘lmaganligini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика