Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonidan to‘sib qo‘yilgan G‘azo sektorida gumanitar inqiroz tobora chuqurlashmoqda. So‘nggi bir sutka davomida ochlik va oziq-ovqat ta’minotining izdan chiqqani sababli yana 7 nafar tinch aholi hayotdan ko‘z yumdi. Vafot etganlar orasida 2 nafar bola ham bor.
Shu tariqa, 2023-yil 7-oktabrdan buyon ochlik oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 258 nafarga yetdi, ularning 110 nafari voyaga yetmagan bolalar ekani tasdiqlandi.
Xalqaro gumanitar tashkilotlar vaziyatning og‘irligini alohida ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, oziq-ovqat, dori-darmon va toza ichimlik suvi yetkazib berilishidagi uzluksizlik G‘azodagi o‘limlar sonini yanada oshirib yuborishi mumkin. BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha agentliklari esa darhol yordam koridorlarini ochish va fuqarolarni oziq-ovqat bilan ta’minlash choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.


