1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azoda sulh buzilishi oqibatida qariyb 400 falastinlik halok bo‘ldi

HAMAS Isroilni G‘azo bo‘yicha kelishuvni 800 martadan ortiq buzganlikda aybladi.

G‘azoda sulh buzilishi oqibatida qariyb 400 falastinlik halok bo‘ldi

 

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirganidan buyon Isroil harbiylari tomonidan sulh buzilishi holatlari qayd etilmoqda. Mazkur qonunbuzarliklar oqibatida qariyb 400 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda TASS agentligiga Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi a’zosi G‘ozi Hamad ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, 10-oktabrdan kuchga kirgan sulh doirasida sodir bo‘lgan hujumlar natijasida halok bo‘lganlarning 95 foizdan ortig‘ini tinch aholi vakillari tashkil etadi.

 

Shuningdek, G‘ozi Hamad G‘azo sektoridagi ma’muriy organlar Isroil tomoni tomonidan erishilgan kelishuvlarning kamida 813 ta buzilishi holatini qayd etganini bildirdi.

 

HAMAS vakili vositachi tomonlarni vaziyatga munosabat bildirish va zarur choralar ko‘rishga chaqirib, Isroilning amaldagi harakatlari G‘azo bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика