1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

G‘azoga dengiz orqali gumanitar yordam yuborildi

Jami 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat topshirilgan.

G‘azoga dengiz orqali gumanitar yordam yuborildi

 

Kiprdagi portdan gumanitar yordam olib ketayotgan kema G‘azo qirg‘oqlariga yetib bordi.

 

Kecha, 15 mart kuni kechqurun anklavga 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari solingan konteynerlar tushirilgan.

 

Dengiz missiyasi AQSHning World Central Kitchen xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklari asosiy moliyaviy donor hisoblanadi, Ispaniya xayriya tashkiloti esa buning uchun kema taqdim etgan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari ham quruqlik va havo orqali yetkazib berilmoqda, biroq hozirgi yordam miqdori mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, G‘azo sektori aholisi ochlikdan azob chekmoqda.

 

Hozirda World Central Kitchen xayriya tashkiloti G‘azoga yordamning ikkinchi partiyasini tayyorlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика