1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“G‘azoga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish kerak”

AQSH Mudofaa vaziri G‘azodagi vaziyat bo‘yicha isroillik hamkasbi bilan telefonlashdi.

“G‘azoga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish kerak”

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Galant bilan telefonlashdi. U Isroil va HAMAS o‘rtasida garovga olinganlar va asirlarni almashish jarayoni boshlanganini qo‘llab-quvvatlab, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berish hajmini oshirish zarurligini aytgan.

 

Pentagon rahbarining taʼkidlashicha, tinch aholi yordam olishi mumkin bo‘lgan xavfsiz hududlar ham belgilanishi kerak. Buning uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan mojarolarni hal qiluvchi va yordam yetkazib berishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish zarur.

 

Bundan tashqari, Ostin Qo‘shma Shtatlarning G‘azodagi mojaroning Livanga tarqalishining oldini olishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi. U Livandan Isroilga qarshi davom etayotgan transchegaraviy hujumlarni qoralagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика