1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Germaniya Alisher Usmonovning “Dilbar”idagi 5 million yevrolik rasmlarni olib qo‘ydi

Tadbirkor 555 million yevro soliq to‘lamagani taxmin qilinmoqda.

Germaniya Alisher Usmonovning “Dilbar”idagi 5 million yevrolik rasmlarni olib qo‘ydi

 

Germaniya politsiyasi Usmonovning “Dilbar” yaxtasidan 5 million yevro qiymatga ega bo‘lgan 30 ta rasmni tortib oldi.

 

Xabar berilishicha, yaxtaning ichki qismini bezab turgan rasmlar olib ketilgan. Qiymati 5 million yevroga yetishi mumkin bo‘lgan ishlar ekspeditorlik kompaniyasi omborida saqlanadi.

 

Taxminlarga ko‘ra, ular orasida Mark Chagallning ham rasmlari bo‘lishi mumkin.

 

Usmonov mulkining ushlab ketilishi Yevropa sanksiyalari bilan bog‘liq deyilmoqda. Shuningdek, Germaniya hukumati Usmonov soliqlarni to‘lamagani yuzasidan tergov olib bormoqda: U 2014 yildan beri kamida 555 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamagan bo‘lishi mumkin.

 

Bunday ayblovga javoban tadbirkorning vakili Alisher Usmonov “qonunga bo‘ysunuvchi va vijdonli soliq to‘lovchi bo‘lib, Rossiyada soliqlarni to‘lab bo‘lgan”, deb javob berdi.

 

Alisher Usmonov 2016-yilda Germaniyaning “Lyurssen” kemasozlik kompaniyasiga yaxta uchun 600 million dollar to‘lagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика