Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers Xitoydan kelayotgan arzon mahsulotlar oqimi fondida mamlakat bozorini himoya qilish zarurligini taʼkidladi. Uning aytishicha, har kuni Germaniyaga 400 mingdan ortiq tovarlar Xitoydan yetib kelmoqda va bu savdo disbalansiga olib kelishi mumkin.
"Biz bu vaziyatni iloji boricha tezroq tartibga solishimiz lozim. Isteʼmolchilar huquqlari, mahsulot sifati va xavfsizligi kafolatlanishi shart. Yevropa komissiyasi shoshilinch choralar ko‘rishi zarur", — dedi Mers Funke o'zining so'ngi bergan intervyusida.
Mers shuningdek, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Olaf Shols AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning tarif siyosatiga qarshi javob choralarini ishlab chiqishda yaqin hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi. U savdo mojarolari oxir-oqibat barcha uchun zarar keltirishini taʼkidlar ekan, ochiq va erkin transatlantik savdo hududi barcha uchun farovonlikning asosi bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.


