1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya fuqarosi Rossiyaga mashina sotgani uchun qamaldi

U sanksiyalarni chetlab o‘tib, qimmatbaho mashinalarni sotib kelgan.

Germaniya fuqarosi Rossiyaga mashina sotgani uchun qamaldi

Gessen federal shtatidagi Lohra qishlog‘ida yashovchi fuqaro sanksiyalarni chetlab o‘tib, Rossiyaga avtomobil sotgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida Marburg tuman sudi maʼlum qildi.

 

Hukm 8 iyul kuni chiqarildi. 56 yoshli avtosalon xodimi Rossiyaga sanksiyalarga qaramay, jami 5 million yevrodan ortiq 71 ta hashamatli avtomobilni sotishda ayblangan. Bu summa evaziga erkakning mol-mulkini musodara qilishga qaror qilindi.

 

Diler firibgarlik yo‘li bilan avtomashinalarni uchinchi davlatlarga eksport sifatida sotishni rasmiylashtirgan. Tintuv chog‘ida uning uyidan uchta qimmatbaho mashina va salkam 130 ming yevro topilgan.

 

Maʼlumot uchun, 2023-yil iyun oyida dvigatel hajmi 1,9 litr va undan ortiq bo‘lgan barcha avtomobillar, shuningdek, barcha gibrid va elektromobillarni Yevroittifoq davlatlaridan Rossiyaga yetkazib berishga cheklov qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика