Germaniya iqtisodiyot vazirligi mamlakat yerosti gaz saqlash omborlarini to‘ldirish uchun 15 milliard yevro ajratdi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.
Shu maqsadda KfW bank guruhi kredit taqdim etadi. Ushbu mablag‘lar Germaniyaning Trading Hub Europe gaz xabiga beriladi. Bundan tashqari, hukumat gazni ko‘proq tejash maqsadida ko‘mir elektr stansiyalaridan yana-da faol foydalanmoqchi.
16 iyunda Bloomberg agentligi RFning Germaniyadagi eng yirik mijozi Uniper‘ga gaz yetkazib berishni qisqartirgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Avvalroq Yevropa qishga g‘amlab qo‘yilgan gazdan foydalanishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


