1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya prezidenti Angela Merkeldan kansler vazifasini bajarib turishni iltimos qildi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkeldan yangi hukumat tarkibi shakllangunga qadar kansler vazifasini bajarib turishni iltimos qildi. Bu haqda Germaniya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya prezidenti Angela Merkeldan kansler vazifasini bajarib turishni iltimos qildi

 

“Bu iltimos Konstitutsiyaning 69 paragrafining uchinchi punktiga asoslangan”, – deyiladi xabarda. Bugun Germaniya parlamenti 20 syezdida taʼsis majlisi o‘tkaziladi. Unda amaldagi kansler va hukumat vakolatlari tugatiladi. Hozirda Germaniyada yangi hukumat tarkibi shakllantirilmagan, qonunga ko‘ra, amaldagi hukumat rasman o‘z faoliyatini yakunlasa-da, de-fakto ishlashda davom etadi.

 

Bundestagda vazir va kansler egallaydigan joylar bo‘sh qolgan. Amaldagi hukumat aʼzolari tepa qatorlarni egallagan.

 

Hozirda yangi hukumat tarkibi tuzilishi bo‘yicha Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, Erkin demokratik partiya va “yashillar” o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmoqda. Katta ehtimol bilan nemislar yangi kansleri dekabrda tayinlanadi.

 

Bundan avval Merkel Putin bilan 20 yildan buyon kelisha olmasligini aytgandi. Shuningdek, Germaniya hukumati Afg‘onistonda qancha mablag‘ sarflagani maʼlum qilingan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика