1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Rossiya bilan munosabatini "nol"dan boshlamoqchi

Yanvar oyida ikki davlat yetakchilari uchrashuv o‘tkazadi.

Germaniya Rossiya bilan munosabatini "nol"dan boshlamoqchi

 

Germaniyaning yangi kansleri Olaf Shols Rossiya bilan munosabatlarni “noldan qurish” niyatida ekanligini va shu oyda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

 

Germaniya hukumati rahbari, shuningdek, Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni o‘z nazoratiga olish niyatida.

 

Shols Moskva bilan munosabatlarda “yangi boshlanish” izlamoqda. Bu, xususan, gaz masalasiga taalluqli bo‘lishi ta’kidlandi.

 

OAV xabariga ko‘ra, kanslerning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yens Pletner ikki haftadan beri Shols va Rossiya rahbari o‘rtasida yanvar oyida bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика