"Bundesverga hozirgi taʼminot darajasi bilan Germaniyaning harbiy salohiyatini 2004 yilgi darajasiga qaytarish uchun taxminan 100 yil kerak bo‘ladi", — deya taʼkidladi institut mutaxassislari.
Bu xulosaga oldingi hukumatlar tomonidan Germaniya armiyasida askarlar sonining keskin qisqartirilishi va hozirgi Shols hukumati armiyani juda sekin qayta qurollantirayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
"Agar hozirgi holatda qayta qurollanish davom etadigan bo‘lsa, Bundesver o‘zining jangovar samolyotlar uchun potensialini taxminan 15 yil ichida, tanklar uchun 40 yil va gaubitsalar uchun 100 yil ichida tiklaydi", — deb hisoblaydi mutaxassislar.
Hozir nemis rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish fonida qurol-yarog‘ taʼminotini juda sekin amalga oshirishmoqda.
"Shu bilan birga, havo hujumidan mudofaa tizimlari va gaubitsalarning zaxiralari hatto kamaydi", — deya taʼkidlaydi hisobot mualliflari.
Kil instituti tadqiqotchisi Guntram Volf, Germaniya zarur bo‘lgandan ko‘ra sekinroq qurollanayotganini qayd etdi.


