Germaniya BMT xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi bo‘lishi kerak. Bu haqda kansler Olaf Shols tashkilot Bosh assambleyasidagi chiqishida maʼlum qildi.
"Germaniya o‘ziga katta majburiyat olishga tayyor — avvaliga 2027 va 2028 yillarda 10 ta o‘zgaradigan aʼzo bo‘lish, keyinchalik doimiy aʼzoga aylanish mumkin.
Men sizdan BMT prinsiplarini hurmat qiladigan, hamkorlikka intiladigan va taklif qiladigan davlat sifatida bizning nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman", — degan kansler.
Shu bilan birga u Xavfsizlik kengashini isloh qilishni, uning faoliyatini XXI asr chaqiriqlariga moslashtirishni taklif qilgan. Sholsning fikricha, kengash bundan 30, 50 va 70 yil oldingi davrga mos keladi. U Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mintaqasidagi davlatlarning dunyo sahnasida yana-da ko‘proq mavqega ega bo‘lishi lozimligini taʼkidlagan.
Maʼlumot o‘rnida: BMT Xavfsizlik kengashi tashkilotning eng asosiy organlaridan biri. Unga besh davlat: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy doimiy aʼzo hisoblanadi. Qolgan aʼzolar har ikki yilda almashib turadi. Doimiy aʼzo davlatlar veto huquqiga ega, bu ularning istalgan qaror yoki rezolyutsiyani to‘xtatib qo‘yish imkonini beradi.


