Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok stilist xizmatiga kuniga qariyb to‘qqiz ming yevro sarflaydi. Nemis matbuotiga ko'ra, u nemis hukumatidagi eng boy vazir.
Ma'lumotlarga ko'ra, TIV rahbari yilning birinchi yarmida sartaroshlar, vizajistlar, kosmetologlar va fotograflar uchun 500 ming yevroga yaqin mablag‘ sarflagan.
Konstitutsiyaviy huquqshunos Kristian Xilgruberning fikricha, Germaniya hukumati tashqi omillarga emas, balki o‘z ichidagi holatlarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. U yuqoridagi xarajatlarni "siyosiy jihatdan xunuk" deb atadi.
Avvalroq Berbokning samolyotida uch kun ichida ikkinchi marta nosozlik aniqlangani xabar qilingandi. Shu munosabat bilan diplomat sayohat jadvalini o'zgartirishga majbur bo‘ldi.


