1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya TIV rahbarining qadami samolyotga “yoqmadi”

Annalena Berbokning samolyoti 3 kun ichida ikki marta buzildi.

Germaniya TIV rahbarining qadami samolyotga “yoqmadi”

 

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning samolyoti uch kun ichida ikkinchi marta ishlamay qolgani aniqlandi. Shu munosabat bilan diplomat sayohat jadvalini o'zgartirishga majbur bo‘ldi.

 

Vazir ayni damda Qatarda. Bu uning Fors ko'rfazi mamlakatlariga uch kunlik safaridagi so'nggi davlatidir. Burbok allaqachon Berlinga qaytishi kerak edi, ammo hukumat laynerining buzilishi tufayli jo'nab keta olmadi.

 

Favqulodda holat munosabati bilan siyosatchi va uning delegatsiyasi a'zolari mehmonxonaga qaytib, mutaxassislar muammoni hal qilishini kutishmoqda.

 

E’tiborlisi, xuddi shunday holat hafta boshida ham sodir bo‘lgan edi.

 

Saudiya Arabistoniga tashrifi chog'ida ham uning samolyotida texnik nosozlik aniqlangan. Vazir Qatarga rejalashtirilganidan ikki soat kechroq uchib ketdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика