1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Ukrainaning NATOga kirishiga qarshilik qilmoqchi

Berlin zudlik bilan Ukrainaga aʼzolikni taklif qilish istiqboliga qarshi

Germaniya Ukrainaning NATOga kirishiga qarshilik qilmoqchi

 

Britaniyaning Telegraph gazetasi alyansdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Germaniya Vilnyusda 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Kiyevning NATOga kirish istiqbollariga emas, balki Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga eʼtibor qaratishni rejalashtirmoqda.

 

Gazeta suhbatdoshiga ko‘ra, Berlin zudlik bilan Ukrainaga aʼzolikni taklif qilish istiqboliga qarshi va "aʼzolikni mohiyatan blokirovka qilish uchun" kafolatlarni ishlab chiqish uchun vaqt kerak, deb hisoblamoqda. Shuningdek, manbalarning aniqlik kiritishicha, Germaniya Putin NATOning beshinchi moddasini sinab ko‘rishini istamaydi, deb yozadi Telegraph.

 

Maʼlumot uchun, NATOning 5-moddasiga ko‘ra, alyansga aʼzo davlatlarning birortasiga chetdan hujum bo‘lsa, bu butun ittifoqchilarga qilingan hujum deb baholanadi.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy NATOni urush tugaganidan keyin Ukrainani alyansga kiritish uchun aniq choralar ko‘rishga chaqirgan edi. Germaniya va AQSH bu harakat NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика