Maʼlum qilinishicha, nomaʼlum kimyoviy modda izlari Dartmshtadt texnika universiteti hududida joylashgan (Gessen federal yeri) binolardan biridagi suv idishlari va sut qadoqlaridan topilgan. Jabrlanganlardan biri — 30 yoshli talabaning ahvoli og‘ir bo‘lib, aniqlangan zaharli moddani tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
«Darmshtadt prokuraturasi qotillikka urinish bo‘yicha tergov boshladi», — deya ochiqlagan huquq-tartibot idoralari xodimi. Qayd etilishicha, politsiya talabalarga faqat o‘zlari bilan olib kelgan taomlarni yeyishni tavsiya qilgan. Politsiyaning fikricha, ommaviy zaharlanishga sabab bo‘lgan modda ichimlik idishlari ichida bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.


