Germaniyada dunyodagi eng uzun osma ko‘priklardan biri maxsus portlatish amaliyoti orqali demontaj qilindi. Ushbu jarayon davomida muhandislar inshootni xavfsiz tarzda qulatish uchun jami 66 kilogramm portlovchi moddadan foydalangan.
Uzunligi yarim kilometrdan ortiq, kengligi 204 metr va balandligi 80 metr bo‘lgan ulkan konstruksiya ketma-ket portlashlardan so‘ng asta-sekin qulab tushgan. Hodisa tasvirlangan video lavhalarda ko‘prikning qismlar bo‘lib, nazorat ostida yerga qulagani aks etgan.
Mahalliy aholi ushbu inshootni tashqi ko‘rinishi sabab Brandenburgning “cho‘zilgan Eyfel minorasi” deb atab kelgan. U nafaqat ko‘prik, balki kelajakdagi kanal loyihasi uchun mo‘ljallangan maxsus sanoat mexanizmi vazifasini ham bajargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, inshoot 45 yil davomida faoliyat yuritib, shu davr mobaynida qariyb 3,5 milliard kub metr tuproqni tashishga xizmat qilgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan uning ekspluatatsiyasi samarasiz deb topildi va uni portlatish orqali olib tashlashga qaror qilindi.


