1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada jamoat transportida butun mamlakat bo'ylab ish tashlash boshlandi

Mamlakatdagi eng yirik kasaba uyushmalardan biri tomonidan e’lon qilingan 24 soatlik ish tashlash sabab metro, avtobus va tramvaylar qatnovi butunlay to'xtagan.

Germaniyada jamoat transportida butun mamlakat bo'ylab ish tashlash boshlandi

 

 

 

Germaniyada 2-fevral, dushanba kuni jamoat transporti tizimi deyarli to‘liq to‘xtab qoldi. Mamlakatdagi eng yirik kasaba uyushmalardan biri — Verdi tomonidan e’lon qilingan 24 soatlik ish tashlash sabab metro, avtobus va tramvaylar qatnovi bekor qilindi. Aksiya taxminan 90–100 ming nafar jamoat transporti xodimini qamrab olgan. Bu haqda A News xabar bermoqda.

 

Kasaba uyushmasi ishchilarning smenalarini qisqartirish, kechki payt va dam olish kunlaridagi mehnat uchun yuqoriroq haq belgilash, shuningdek ayrim hududlarda ish haqini qariyb 10 foizga oshirishni talab qilmoqda. Verdi vakili Andreas Shackertning aytishicha, agar ish sharoitlari yaxshilanmasa, sohada xodimlar yetishmasligi yanada kuchayadi.

 

Ish tashlash Quyi Saksoniyadan tashqari deyarli barcha federal yerlarda jamoat transportiga ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, uzoq masofali va mintaqaviy poyezdlar odatdagidek qatnovni davom ettirmoqda. Qishki sovuq va muzlagan yo‘llar esa piyoda yoki velosipedda harakatlanishni yanada xavfli qilgan.

 

Transport operatorlari, jumladan Berlinning BVG kompaniyasi, ish tashlashni “nomutanosib” deb baholab, kasaba uyushmasini muzokaralarga qaytishga chaqirdi. Ayni paytda Gamburg va Saarbryukken kabi shaharlarda ish tashlashni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu aksiya Germaniyada davlat sektorida mehnat sharoitlari atrofidagi keskinlik kuchayib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика