1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada marixuana qonuniylashtirilishi mumkin

Germaniya hukumati marixuanani qisman qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Germaniyada marixuana qonuniylashtirilishi mumkin

 

Germaniya hukumati marixuanani qisman qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda hukumat matbuot xizmati. Endi u parlament tomonidan ko'rib chiqilishi kerak.

 

Qonun loyihasi 18 yoshdan oshgan odamlarga shaxsiy foydalanish uchun uchtagacha nasha tupini etishtirishga ruxsat beradi. Shuningdek, 25 grammgacha nasha saqlash endi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

 

Bundan tashqari, hujjatda o‘z a’zolarini nasha mahsulotlari bilan ta’minlaydigan yetishtirish uyushmalari tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Uyushmalar 500 dan ortiq bo'lmagan a'zolarga ega bo'lishi mumkin, ular klubdan oyiga 50 grammgacha nasha olishadi. 

 

Shu bilan birga, 21 yoshgacha bo'lgan uyushma a'zolari nasha mahsulotlaridagi THC miqdori 10 foizdan oshmasligi sharti bilan faqat 30 gramm olishlari mumkin.

 

Uyushma a'zolariga klublar hududida va ulardan 200 metr masofada nasha ishlatish taqiqlanadi. Klublarning o‘zi maktab va bog‘chalarga 200 metrdan yaqinroq bo‘lmasligi kerak, deb yozadi Deutsche Welle.

 

Nashrning aniqlik kiritishicha, qonun loyihasi birinchi navbatda marixuanani dekriminallashtirishga qaratilgan. Keyingi qadam qonuniylashtirishdir. Keyin ixtisoslashtirilgan do'konlar nasha va THCni o'z ichiga olgan mahsulotlarni sotishi mumkin, ammo faqat ma'lum hududlar va shaharlarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика