1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada migratsiyani cheklash tashabbusi maʼqullandi

Noqonuniy muhojirlarga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Germaniyada migratsiyani cheklash tashabbusi maʼqullandi

Germaniya parlamentida bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslardan so‘ng, atigi uch ovoz farqi bilan noqonuniy muhojirlarga nisbatan keskin choralar ko‘rishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya maʼqullandi.

 

Ushbu choralar doimiy chegara nazorati joriy etilishi, boshpana so‘rovlarini chegaradayoq rad etish imkoniyati va mamlakatni tark etish majburiyatini olgan xorijliklarni hibsga olishni o‘z ichiga oladi.

 

Hujjat konservativ XDI/XSI bloki tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uni “Germaniya uchun muqobil” o‘ng populist va “Erkin demokratik” partiyalari deputatlari qo‘llab-quvvatladi. Biroq, “Sotsial-demokratlar” va “Yashillar” tashabbusga qarshi chiqdi. Ovoz berish jarayonidan oldin Germaniya kansleri Olaf Shols rezolyutsiyani qabul qilmaslikka chaqirgan edi.

 

Qabul qilingan rezolyutsiya federal hukumat va mahalliy hokimiyatlar uchun majburiy emas. Shu bilan birga, XDI/XSI blokining huquq-tartibot organlariga qo‘shimcha vakolatlar berishni ko‘zda tutuvchi boshqa tashabbusi yetarli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика