1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyaliklar mast yenotlardan shikoyat qilmoqda

Spirtli ichimlik taʼsiridagi jonivorlar uylarga bostirib kirmoqda.

Germaniyaliklar mast yenotlardan shikoyat qilmoqda

 

Germaniyada mahalliy aholi mast yenotlar ustidan rasmiylarga shikoyat qilmoqda. Hayvonlar chiqindixonalar va axlat qutilarida ichimlik qoldiqlari bo‘lgan pivo butilkalarni topib ichishadi va keyin turarjoy binolariga kiradi.

 

Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar o‘zini agressiv tutadi. Ular nafaqat uylarga katta zarar etkazadilar, balki yo‘lda uchragan uy hayvonlariga hujum qiladi. Chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurganidan keyin taʼmirlash narxi baʼzan 10 ming yevroga yetadi.

 

Mahalliy ovchilar ularga spirtli ichimliklar taʼsiridagi hayvonlarni otish uchun qo‘shimcha ruxsat berishni taklif qilishdi. Biroq rasmiylar ularni rad etishdi. Buning o‘rniga rasmiylar nemislarni axlat qutilarini kuzatib turishga va ularni qulflashga chaqirdi.

 

Germaniyada 21-asrning boshlariga kelib, 10 mingdan kam yenot bor edi. Biroq so‘nggi yillarda ularning aholisi sezilarli darajada oshdi va o‘sishda davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика