Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Paxtakor” klubi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning germaniyalik taniqli murabbiy Yoaxim Lyov bilan tushgan surati tarqaldi va bu holat nemis mutaxassisining Toshkent klubi ustoziga aylanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi.
2014-yilda Germaniya terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan 64 yoshli Lyov 2021-yildan beri ishsiz hisoblanadi. U faoliyati davomida Germaniya terma jamoasidan tashqari Avstriya va Turkiyaning bir nechta klublarini boshqargan. U Toshkent klubi murabbiyi bo‘lish-bo‘lmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.


