1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Gigant IT kompaniyalar xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatmoqda

Hozircha faqat Apple bundan mustasno.

Gigant IT kompaniyalar xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatmoqda

 

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalari xodimlarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishmoqda. Bu haqda “Meduza” nashri yozmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, eng yirik texnologiya kompaniyalari global iqtisodiyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tanazzuldan qo‘rqib, xodimlarni ishdan bo‘shatish orqali xarajatlarni qisqartirmoqda.

 

Meta 2022-yil oxirida minglab ish joylarini qisqartirdi. Boshqa kompaniyalar, xususan, Google, Amazon, Microsoft  yanvar oyida xodimlarni ishdan bo‘shatish haqida eʼlon qila boshladi. Qisqartirishlar texnologik kompaniyalarning koronavirus pandemiyasi sharoitida, ularning xizmatlari favqulodda talabga ega bo‘lgan paytdagi kengayishi ortidan yuz bermoqda.

 

Umuman olganda, 2023-yil boshidan buyon 133 ta kompaniyada 38,8 ming mutaxassis ishdan bo‘shatilgan.

 

Apple hali bu haqda eʼlon bermagan yagona texnologiya giganti bo‘lib qolmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика