Texas gubernatori Greg Ebbott giyohvand moddalarni shirinliklar niqobi ostida tarqatish ommalashganini maʼlum qildi. Bu haqda u Twitter‘da yozgan.
"Meksikalik kartellar aholimizga konfet ko‘rinishida niqoblangan giyohvand moddalarni tarqatmoqda. Biz birgalikda farzandlarimiz va yaqinlarimizni bu halokatdan himoya qila olamiz", — deb yozadi gubernator.
Sentyabr oyida janob Abbott Texas huquq-tartibot idoralariga "fentanil inqirozi" ga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilib, maktub yo‘llagan, unda narkotiklarning shirinliklar niqobi ostida tarqatilishini ham eslatib o‘tgan. Fentanil ko‘pincha narkotik sifatida ishlatiladigan kuchli opioid hisoblanadi.
Texas rasmiylariga ko‘ra, undan foydalanish bilan bog‘liq o‘limlar soni shtatda 2021-yili 89 foizga oshgan. O‘tgan hafta Meksika chegarasida deyarli 700 kg kokain va fentanil musodara qilindi. Avgust oyida AQSH Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi so‘nggi paytlarda fentanil ko‘pincha bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan konfet ko‘rinishida sotilayotganini xabar qildi.


