Green Card-2026 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish 2 oktyabr kuni soat 21:00 da boshlanib, 5 noyabr soat 21:00 ga qadar davom etadi.
Maʼlum qilinishicha, 2026 yil uchun jami 55 000 tagacha turli millat vakillariga vizalar berish rejalashtirilgan. Maxsus dasturda ro‘yxatdan o‘tish uchun hech qanday to‘lov yo‘q, lekin saralanganlar rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin viza uchun to‘lov qilishi kerak.
Maʼlumot uchun, Green Card chet el fuqarolariga AQSHda rasman ishlash imkonini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Bu viza lotereyasi bo‘lib, unda ishtirok etish uchun siz maxsus shaklni to‘ldirishingiz kerak. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab aholi lotereyada yutib oladi va AQSHga rasman ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


