1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Green Card uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganiga doir tarqalgan xabarlar rad etildi

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tarqalayotgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini ta'kidladi.

Green Card uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganiga doir tarqalgan xabarlar rad etildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda AQShning Green Card (Diversity Visa) dasturi boʻyicha yangi mavsum uchun roʻyxatdan o‘tish boshlanganiga oid maʼlumotlar tarqalmoqda. AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi ushbu maʼlumotlarni asossiz ekanini maʼlum qildi.

 

Diplomatik missiya taʼkidlashicha, DV–2027 dasturiga roʻyxatdan oʻtish sanasi va ariza berish jarayoniga doir barcha yangiliklar faqat AQSh Davlat departamenti tomonidan tasdiqlanganidan soʻng rasman eʼlon qilinadi.

 

Shuningdek, elchixona ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmiy boʻlmagan postlar, turli kanallar va shaxslar tomonidan berilayotgan “roʻyxatdan oʻtishda yordam”, “yutish imkoniyatini oshirish” kabi pullik takliflar firibgarlik ekanini eslatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика