1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Gruziya va Fransiyada koronavirusning yangi to‘lqini

Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni ortib bormoqda.

Gruziya va Fransiyada koronavirusning yangi to‘lqini

 

COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyi boshidan buyon Gruziyada kuniga 600-800 ta holat qayd etilgan bo‘lib, xuddi shunday ko‘rsatkichlar fevral oyida koronavirusning navbatdagi to‘lqinida ham kuzatilgan. Bemorlar Respublika yuqumli kasalliklar klinikasi tomonidan qabul qilinadi. Hozircha joylar bo‘sh. Ammo agar bu tendensiya davom etsa, COVID-19 bo‘limlari qayta ochilishiga to‘g‘ri keladi.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri: «Fransiyada koronavirus infeksiyasining sakkizinchi, uning oqibatida to‘qqizinchi to‘lqini boshlanishi mumkin», — dedi.

 

Vazir, shuningdek, yozgi taʼtilda bo‘lgan fransiyaliklarni jamoat transportida niqob rejimiga rioya qilishga chaqirdi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining avvalroq bergan maʼlumotlariga ko‘ra, Fransiyada COVID-19ning yettinchi to‘lqini kuchaymoqda, yangi kasallanganlar soni 200 mingga yetdi. Bungacha har kuni 120 000 ta yangi holat qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика