1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi

U politsiyaga o’z talablarini aytgan.

Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi

 

Gruziyada “Bank of Georgia" bankining Kutaisi shahridagi filialiga qurollangan shaxs bostirib kirib, 15 kishini garovga oldi. Ulardan 10 nafari bank xodimlaridir. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya atrofni o’rab olgan. Ayni damda garovga olinganlarni ozod qilish va jinoyatchini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya davom etmoqda.

 

U politsiyaga o’z talablarini aytgan.

 

"Qurollangan shaxs bank oldiga vertolyot, 2 million dollar, Rossiya bayrog'i va qarmoq olib kelishni talab qilmoqda", - deyiladi xabarda.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lida qurol bo‘lgan noma’lum shaxs bank filialiga bostirib kirib, ogohlantiruvchi o‘q uzgan. U bank xodimlaridan mavjud bo‘lgan barcha naqd pulni berishni talab qilgan, biroq u ofis binosidan chiqa olmagan, chunki politsiya tezda voqea joyiga yetib kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика