1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Guedes jamoadan ketmoqchi

“Valensiya” Guedesni 40 mln yevroga sotishga tayyor.

Guedes jamoadan ketmoqchi

 

“Valensiya” rahbariyati Goncalo Guedes bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, ispan klubi Gonсalo uchun taxminan 40 mln yevro olmoqchi. “Roma” futbolchiga da’vogarlik qilmoqda. Oldinroq rimliklar o‘z hujumchisi Karles Peresni Guedesga almashtirishlari mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik futbolchiga “bo‘rilar” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham qiziqish bildirmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Guedes “Valensiya”da 2018-yildan buyon to‘p surmoqda. U “PSJ”dan 40 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика