Guliston shahrida tadbirkorning 595,1 mln so‘mini o‘zlashtirgan do‘kon sotuvchisi aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti.
Maʼlum bo‘lishicha, “Y.B.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi A.T. o‘ziga ishonib topshirilgan alkogol mahsulotlari sotuvidan tushgan 595,1 mln so‘mni kirim qilmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Oqibatda tadbirkor manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


